Korrupsiyaga qarshi kurashish bo’yicha nodavlat xalqaro Transparency International tashkiloti 2018 yil yakunlari bo’yicha hisobotni taqdim etdi.

O’zbekiston 180 mamlakatdan iborat ro’yxatning 158 o’rnini egalladi. 2017 yili 157 chi, 2016 yilda esa 156 o’rinni egallagan edi.

Birinchi o’rinni Daniya, ikkinchini Yandi Zelandiya egalladi. Uchinchi o’rinda Finlandiya, Singapur, Shvetsiya va Shveysariya joylashdi.

Oxirgi uchtalikda Somali, Janubiy Sudan va Suriya joy oldi.

Markaziy Osiyo bo’yicha eng yahshi ko’rsatkichga 124 o’rinda joylashgan Qozog’iston ega bo’ldi, eng yomoni esa Turkmanistonda — 161 o’rin.

Transparency International — korrupsiyaga qarshi kurash va butun dunyodagi korrupsiya darajasini o’rganish bo’yicha nodavlat xalqaro tashkilotdir. Xalqaro harakat 1993 yilda Jahon bankining sobiq direktori Peter Eigen tomonidan Berlinda tashkil etilgan. Hozirgi kunda tashkilot dunyoning 100 dan ortiq mamlakatida o’z bo’limlariga ega.