Hukumat qarori bilan Qishloq xo‘jaligi vazirligining Raqamli qishloq xo‘jaligi yagona integratsion platformasi — Agroportal‘dan foydalanish tartibi tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, platforma qishloq xo‘jaligi subyektlariga agrosanoat yo‘nalishidagi elektron xizmatlarni “yagona nuqta” tamoyili asosida taqdim etishga mo‘ljallangan.

Foydalanuvchilar portal imkoniyatlaridan agro.gov.uz orqali OneID tizimi yordamida foydalanadi.

Platforma operatori Agroportal‘ning uzluksiz ishlashini ta‘minlash, unga texnik xizmat ko‘rsatish, idoraviy axborot tizimlari va ma‘lumotlar bazalari o‘rtasida elektron ma‘lumot almashinuvini yo‘lga qo‘yish hamda platformani takomillashtirib borish uchun mas‘ul bo‘ladi.

Shuningdek, foydalanuvchilarning murojaatlarini qabul qilish, ko‘rib chiqish va ularga javob yuborish Agroportal yoki elektron xizmat ko‘rsatishga mas‘ul davlat organlari hamda xususiy sektorning axborot tizimlari orqali amalga oshirilishi mumkin.

Elektron xizmat natijasi to‘g‘risidagi QR-kodli xabarnoma foydalanuvchining Agroportaldagi shaxsiy kabinetiga yuboriladi.

Spot, avvalroq, Voltalia 500 kVt quvvatga ega agrovoltaika majmuasini qurishni boshlagani haqida yozgandi.