Samarqand avtomobil zavodida korxona tashkil etilganligining yigirma yilligiga bag‘ishlangan marosimda “ISUZU Motors” kompaniyasi va “Itochu corporation” korporatsiyasi vakillari kelgusida ishlab chiqarish ko‘lamini kengaytirish va mahsulot turini yanada ko‘paytirishga tayyor ekanliklarini ma’lum qildi, xabar beradi O’zA.

Yaponiya kompaniyasi vakillari “ISUZU Motors” kompaniyasining “D-MAX” avtomobilini ko‘rsatgan va kelgusida zavodda ushbu turdagi avtomashinalarni ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

1999 yil mart oyida Samarqand shahrida zamonaviy avtobuslar ishlab chiqarilib, Samarqand avtomobil zavodining tijoriy faoliyati boshlangan edi. Dastlab Turkiyaning “Koch” kompaniyasi bilan hamkorlikda zavodda 2 rusumdagi avtobus, 3 rusumdagi yuk tashish avtomobillari tayyorlash yo‘lga qo‘yildi.

Keyinchalik “SamAvto” mas’uliyati cheklangan jamiyati Yaponiyaning “ISUZU Motors” kompaniyasi va “Itochu corporation” korporatsiyasi bilan hamkorlik o‘rnatdi. Bugungi kungacha zavodda 33 ming 700 dan ortiq avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarildi.

Isuzu — Yaponiyaning o‘rta va og‘ir yuk avtomobillari va avtobuslari ishlab chiqaruvchi dunyodagi yirik kompaniyalardan biri hisoblanadi, 916 yilda tashkil topgan.