O’zbekistonda Janubiy Koreya tajribasiga asoslangan holda “Elektron hukumat” tizimida ma’lumotlarni qayta ishlash markazi barpo etiladi.

Ikki mamlakatning elektron hukumat sohasi va boshqa yo’nalishlardagi hamkorligi 19 mart kuni Koreya respublikasi Davlat boshqaruvi va xavfsizligi vazirligi va O’zbekiston respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi (LBMA) tomonidan imzolangan memorandumda bayon etilgan.

Ma’lumot markazi milliy ahamiyatga ega resurslarni yagona platformaga birlashtirish uchun tashkil etilmoqda.

Memorandumda, shuningdek, elektron hukumat sohasidagi hamkorlik bo’yicha qo’shma markaz tashkil etish nazarda tutilgan bo’lib, u O’zbekistonda Koreya tajribasi asosida elektron hukumatni yanada rivojlantirish uchun asosiy o’zak bo’ladi.

Bu haqda LBMA qoshidagi Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyot loyihalarini boshqarish markazi direktori Ruslan Sultonov “Elektron huqumat: Taraqqiyot istiqbollari” o‘zbek-koreys forumida so’zlagan nutqida ma’lum qildi.

Konsultantlar, shuningdek Koreyaning turli sohalari bo’yicha mutaxassislari 2019 yil 1 mayga qadar davom etadigan “Elektron hukumat” tizimini rivojlantirish kontsepsiyasi loyihasini ishlab chiqishda ishtirok etishadi.