Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalar narxlarini yangiladi:

  • Oltin tanga narxi 200 ming so’mga ko’tarilib 13,7 million so’mni tashkil etdi.
  • Kumush tanga narxi o’zgarishsiz qoldi — 258 ming so’m.

Esdalik tangalarni sotish narxi Markaziy bank tomonidan har haftada kamida bir marta milliy valyutada belgilanadi.

Markaziy bank oltin va kumushdan tayyorlangan esdalik tangalarni muomalaga chiqarish bo‘yicha tajriba loyihasini amalga oshirmoqda.

Ilgari Spot xabar berganidek, bir hafta davomida qariyb 3 mingta kumushdan tayyorlangan esdalik tangalar sotilgan edi.