Prokuratura organlarida 2019 yil 3 oyi davomida jami 603 ta (2018 yilda 527 ta) iqtisodiyot sohasidagi jinoyat ishlari ish yurituvga qabul qilinib, ular yuzasidan dastlabki tergov harakatlari olib borilgan, xabar beradi Bosh prokuratura matbuot xizmati.
2019 yil 3 oyi davomida jami 330,8 mlrd. so‘m miqdorida zararlar aniqlanib, shundan 303,9 mlrd. so‘mi yoki 91,9%i tergov davomida undirilgan bo‘lsa, qolgan 26,9 mlrd. so‘mi yoki 8,1%i zararni undirish yuzasidan sudlarga da’vo arizalari kiritilgan.
Shundan davlatga yetkazilgan 293,2 mlrd. so‘m zarar undirildi.
Shuningdek, 2018 yil 3 oyi davomida davlat ulushi bo‘lmagan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va fuqarolarga yetkazilgan jami 6,2 mlrd. so‘m undirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilning 3 oyida 11,6 mlrd so‘mni tashkil qildi.
O‘tgan yilning 3 oyi davomida 29,5 mlrd. so‘m pullar naqd pul shaklida undirilgan bo‘lsa, bu ko‘rsatkich joriy yilda 159,6 mlrd. so‘mni tashkil qilib, o‘tgan yilgi ko‘rsatkichga nisbatan 5,4 barobarga oshgan bo‘lsa, 28.8 mlrd. so‘mlik zararni pul ko‘chirish yo‘li bilan undirilishi ta’minlangan.
23 aprel 2019, 17:02
Iqtisodiyot
Joriy yilda iqtisodiy jinoyatlar davlatga 330 milliarddan ortiq zarar yetkazgani aniqlandi
Prokuratura organlari tomonidan yetkazilgan 293,2 mlrd. so‘m zarar undirildi.
Foto: Shuhrat Latipov / «Газета.uz»
«Spot»
- 1 043
- Izoh
- Tavsiya qilish
So`nggi yangiliklar
Bugun, 21:33 Energetika
O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi?
Spot may oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.
Bugun, 21:18 Qonunchilik
2025-yildan qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi
Yuridik shaxslar mazkur faoliyat uchun 4%lik aylanma solig‘ini to‘laydi. Fuqarolar yutuqlari esa daromad solig‘idan ozod etiladi.
Bugun, 19:35 Iqtisodiyot
Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga 6 mln yevro ajratdi
Mazkur mablag‘lar mamlakatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Bugun, 18:55 Biznes
Uzbekistan Airways Toshkentdan Maxachqal’aga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Aviakompaniya Dog‘iston poytaxtiga 9-maydan boshlab har payshanba kuni parvozlarni amalga oshiradi.
Bugun, 18:27 Moliya
Rossiya Markaziy banki ketma-ket uchinchi marta asosiy stavkani yillik 16% darajasida qoldirdi
Regulyator asosiy stavkaning o‘zagrishsiz qolishiga inflyatsiya bosimi yuqoriligicha qolayotganligini asosiy sabab qilib ko‘rsatdi.
Bugun, 18:00 Intervyu
Treydingda savdo turlari, hisoblar va bozorlar — treydingni nimadan boshlash kerak?
“BeTrader” asoschisi Akmal Djalilov treydingni nimadan boshlash kerakligi, treyder kim va qayerda ishlashi, savdo bozorlarining bir-biridan farqi hamda qonuniy faoliyat yuritish shakllari haqida Spot’ga so‘zlab berdi.
Bugun, 17:58 Startaplar
Koreya kompaniyasi O‘zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirishga yordam beradi
D.Camp bilan mamlakatda Janubiy Koreyaning IT-kompaniyalar ofislarini ochish va IT xizmatlarini autsorsingga jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Bugun, 17:03 Energetika
Ikki oyda aholidan 500 mln so‘mlik elektr energiyasi sotib olindi
Shu paytgacha Quyoshli xonadon dasturi uchun 13 048ta xonadon ariza topshirgan.