“O‘zagrotexsanoatxolding” AJ boshqaruvi raisi Tojikistonning “Nauselmash” YAJ boshqaruvi raisini qabul qildi.

Uchrashuvda korxonalar o‘rtasida hamkorlik va xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi “O‘zagrotexsanoatxolding” matbuot xizmati.

Uchrashuv yakunida tomonlar dastlabki kelishuvga erishdilar va “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tizim korxonalari tomonidan ishlab chiqariladigan 100 dona chopiq traktori, 100 dona traktor tirkamasi va 10 dona paxta terish mashinalarini Tojikistonga yetkazib berishga kelishib oldilar.

Shuningdek, joriy yilda Turkmanistonga 100 dona paxta terish mashinasi, 1502 dona kultivator, 600 dona ventilyatorli purkagich va 200 dona ko‘rak terish mashinalari — jami 2402 dona qishloq xo‘jaligi texnikalarini yetkazib berish belgilangan.

Ilgari Spot “O‘zagrotexsanoatxolding” ulushlari sotuvga qo’yilishi haqida xabar bergan edi.