“O‘zagrotexsanoatxolding” ulushlari sotuvga qo’yiladi. Bu haqda prezident qarorida keltirilgan.
Qarorga muvofiq, “O‘zagrotexsanoatxolding” va “O‘zagroservis” AJlari hamda ularning tarkibiga kiruvchi korxonalar boshqaruv organlari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tanlov asosida eng yaxshi takliflarni ajratib olish yo‘li bilan:
- “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi ulushlarini korxonalarning asosiy faoliyati turini saqlab qolish sharti bilan;
- hududiy “Agroservis MTP” MCHJning mashina-traktor parklari ustav kapitalidagi ulushlarini tadbirkorlik sub’ektlariga baholash qiymatida mashina-traktor parklarining asosiy faoliyati turini saqlab qolish va 5 yil muddatga bo‘lib to‘lash sharti bilan sotiladi.
“O‘zagrotexsanoatxolding” AJning xo‘jalik jamiyatlari ustav kapitalidagi ulushini sotishdan tushgan mablag‘lar “O‘zagrotexsanoatxolding” AJning investitsiya loyihalarini amalga oshirishga yo‘naltiriladi.
Mashina-traktor parklari sotilmagan taqdirda, boshlang‘ich narxni ular sotuvga qo‘yilgan sanadan ikki oy o‘tgach har 15 kunda bosqichma-bosqich 10%ga kamaytirish mexanizmini qo‘llagan holda, ammo nominal qiymatdan kam bo‘lmagan narxda ommaviy sotuvga qo‘yiladi.