Joriy yilning 22−26 aprel kunlari “E-ijro auksion” elektron onlayn-auksion savdolarda boshlang‘ich bahosi 1 so‘mga teng qiymatdagi 25 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyekti sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.
Masalan, Andijon shahri, Ahmadbekhoji ko‘chasi 78-uydagi binoning 474,44 kv.metrga teng bo‘lgan qurilish osti maydoni 291 mln. so‘mga sotildi. Auksion g‘olibi 1,5 yil ichida 200 mln. so‘m investitsiya kiritish hamda 15 ta ish o‘rni yaratish majburiyatini qabul qildi.
Xorazm viloyati, Bog‘ot tumani, Beshariq qishlog‘i “Nurli maskan” mahallasida joylashgan, umumiy yer maydoni 0,076 gektarga teng bo‘lgan va 45 mln. so‘mga sotilgan bino bo‘yicha auksion g‘olibi 6 oy ichida 800 mln. so‘m investitsiya kiritish hamda 12 ta ish o‘rni yaratish majburiyatini oldi.
Hozirgacha 598 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyekti boshlang‘ich bahosi 1 so‘mga teng qiymatda 374 mlrd. 544 mln. so‘mlik investitsiya kiritish hamda 6840 dan ortiq yangi ish o‘rni yaratish sharti bilan auksion savdolariga chiqarilgan bo‘lib, shundan 456 ta bo‘sh turgan davlat mulki ob’ekti 282 mlrd. 741 mln. so‘m investitsiya kiritish va 5001 ta yangi ish joyi ochish sharti bilan 15 mlrd. 930 mln. so‘mga sotilgan.
Endilikda 142 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyekti “E-ijro auksion” yagona elektron savdo maydonchasida savdoda turibdi. Ularga 91 mlrd. 803 mln. so‘mlik investitsiya jalb qilish, 1846 ta yangi ish o‘rni barpo etish ko‘zda tutilgan.
1 may 2019, 09:49
Biznes
Auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng 25 ta davlat mulki obyekti sotildi
Endilikda 142 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyekti yagona elektron savdo maydonchasida savdoda turibdi.

Foto: Eldos Fazilbekov / Spot
«Spot»
- 1 111
- Izoh
- Tavsiya qilish
So‘nggi yangiliklar
Kecha, 19:04 Iqtisodiyot
Toshkentda 2025-yil oxirigacha 50 mingta “aqlli” suv hisoblagichlari o‘rnatiladi
Iyul oyi oxiridan Yangihayot tumanida hisoblagichlar o‘rnatilmoqda. Bungacha ular ikki yil davomida Shayxontohur tumanida sinovdan o‘tkazilgan.
Kecha, 18:48 Texnologiyalar
Qozog‘istonda yana 42 ta qishloq maktabi Starlink tizimiga ulanadi
2024-yilda mamlakatning Pavlodar viloyatida 33 ta maktab Starlink tizimi orqali internetga ulangan.
Kecha, 18:32 Texnologiyalar
Xitoyda dunyodagi birinchi odamsimon robotlar do‘koni ochildi
Qayd etilishicha, do‘konda biznes va shaxsiy foydalanish uchun robotlar taqdim etilgan.
Kecha, 18:10 Iqtisodiyot
OTMlar $1 mlnlik loyihalar uchun kadrlarni maqsadli tayyorlashni yo‘lga qo‘yadi
Oliy ta’lim muassasalarida investor buyurtmasi asosida tahsil olayotgan talabalar uchun ta’lim modullari yaratiladi.
Kecha, 17:10 Iqtisodiyot
O‘zbekiston va Tojikiston chegarasidagi ikki nazorat-o‘tkazish punkti xorijliklar va yengil avtomobillar uchun ochiladi
10-avgust soat 06:00dan boshlab Toshkent viloyatidagi Bekobod avto hamda Sirdaryo viloyatidagi Xovosobod postlari orqali harakat boshlanadi.
Kecha, 15:01 Iqtisodiyot
Avariya holatidagi uylarni 80% aholining roziligisiz ta’mirlashga ruxsat beriladi
Uylarning yashash uchun yaroqliligini baholash maqsadida maxsus komissiya tashkil etilib, u tegishli xulosalar chiqaradi.
Kecha, 11:17 Energetika
O‘zbekistonda yirik AES qurish loyihasi doirasida o‘rganish ishlari boshlandi — O‘zatom
Agentlik direktori Azim Axmedxo‘jayev mamlakat energiya tizimiga yirik AESni “qisqa vaqt ichida” qo‘shish uchun barcha imkoniyatlar o‘rganilishini qayd etdi.
Kecha, 10:42 Biznes
Dehqonobod kaliy zavodining 100% ulushi Asian Chemical Group’ga o‘tkazildi
Uning ta’sischilari xorijiy OV Industrial Investments L.L.C-FZ (51%) va Paynet kompaniyasi (49%) hisoblanadi.