29 aprel — 3 may kunlari “E-ijro auksion” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 12ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, 90 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 47 ta obyekt sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Davlat mulki obyektlari

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xududiy boshqarmalari tomonidan boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 25ta davlat mulki obyekti 11,1 mlrd so‘m investitsiya kiritish, 200 ga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 124 mln so‘mga sotildi. Bundan tashqari 11 ta ob’ekt sotuvga chiqarildi.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq

Yer resurslari bo‘yicha jami 90ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq 31 mlrd investitsiya kiritish va 400 dan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 1,3 mlrd so‘mga sotildi. Hafta davomida 45 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 47ta obyekt 5,6 mlrd so‘mga sotildi. Hafta davomida 73ta obyekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.