Samsung Galaxy Fold smartfonini qachon sotuvga chiqarishi bo’yicha aniq bir qarorga kelgani yo’q. Biroq, kompaniya oldindan buyurtma bergan foydalanuvchilarga bildirishnoma yubordi. Bu haqda “phone Arena.com” xabar berdi.

Samsung smartfonning chiqarilishi ortga surilayotgani uchun uzr so’radi, ammo smartfon sotuvi qachon boshlanishiga aniqlik kiritmadi.

Bundan tashqari, kompaniya foydalanuvchilarga oldindan berilgan buyurtmalar bekor qilinishi mumkinligi haqida ogohlantirdi. Buyurtma agar foydalanuvchi uni tasdiqlamasa yoki ishlab chiqaruvchi 31 maygacha yetkazib berishni boshlamagan taqdirda bekor qilinadi:

Ya’ni, kelgusida smartfonlarni yetkazib berilishi yaqin orada boshlanishiga kafolat yo’q va kompaniya Galaxy Fold muammosini oy oxiriga qadar hal qilmasa, oldindan buyurtmalarni bekor qiladi.

Ma’lumotlarga ko’ra, sotuvlar iyun-iyul oylariga qadar boshlanmasligi mumkin, shuning uchun Galaxy Fold asosiy raqobatchisi Huawei Mate X ga yo’l berishi mumkin.

Galaxy Fold’ning birinchi sinov namunalari smartfon dizaynining nomutanosibligini ko’rsatdi. Bir necha kun ichida displeylar muvaffaqiyatsizlikka uchradi, shuning uchun Samsung dastlabki qurilmalarni qaytarib oldi va sotuvga chiqariladigan muddatini qoldirdi.