Huawei Barselonadagi MWC 2019 ko’rgazmasida Mate X deb nomlanuvchi birinchi buklama smartfonini taqdim etdi. Bu haqda “Huawei” ma’lumotlarida keltirilgan.

Samsung Galaxy Fold'dan farqli o’laroq Huawei Mate X bitta katta ekranga ega. Bu 8 dyuymli AMOLED (2480×2200 piksel) displey.

Qurilma tashqi tomonga buklanadi va tomonlari o’zaro 19,5: 9 nisbatda 6,6 dyuymli va 25:9 nisbatda 6,39 dyuymli displeylarga ajraladi. Ikkala displeydan ham foydalanish mumkin.

Kichkina displeyning yon tomonida uchtalik Leica kamerasi (40 + 16 + 8 MP) mavjud. Ushbu kameradan selfi uchun ham foydalansa bo’ladi: smartfonda alohida old kamera yo’q. Kamera yonidada barmoq izlari skaneriga tugmasi mavjud.

Yoyilgan holatda Mate X ning qalinligi 5,4 mm, qatlanganda esa 11 mm va u Samsung Galaxy Fold’dan ko’ra yupqaroq.

Smartfon 5G'ni qo’llab quvvatlaydi va 5G Balong 5000 modem bilan bog’langan Kirin 980 protsessorida ishlaydi. Yuklab olish tezligi 4.6 Mbit / s gacha bo’lishi va’da qilinmoqda. Xotira hajmi faqat bitta: 8 GB operativ va 256 GB doimiy, lekin nanoSD xotira kartalari yordamida kengaytirish imkoniyati mavjud.

Qurilma ichida ikkita 55 vattlik ultra tezkor zaryadlash uchun 4500 mAh batareya mavjud. Buklama smartfon 295 grammni tashkil etadi.

Huawei Mate X shu yilning o’rtalarida sotuvga chiqariladi. Narxi 2299 yevroga teng. Samsung o’zining buklama Galaxy Fold’ini 1980 $ ga baholagan edi.