13 — 17 may kunlari “E-ijro auksion” elektron onlayn-auksion savdolarida boshlang‘ich narxi 1 so‘mga teng qiymatdagi 11 ta bo‘sh turgan davlat mulki obyektlari, 94 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq va sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha 46 ta obyekt sotildi. Bu haqda Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xabar berdi.

Davlat mulki obyektlari

Boshlang‘ich narxi 1 so‘m qilib belgilangan bo‘sh turgan 11 ta davlat mulki obyekti 4 mlrd 350 mln. so‘m investitsiya kiritish, 120 ta yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 316 mln. so‘mga sotildi. Bundan tashqari 2 ta obyekt sotuvga chiqarildi.

Yer uchastkalariga bo‘lgan huquq

Yer resurslari bo‘yicha elektron onlayn-auksionlarda ushbu haftada jami 94 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq 23 mlrd. 606 mln. investitsiya kiritish va 480 ga yaqin yangi ish o‘rinlarini yaratish sharti bilan 1 mlrd 303,72 mln. so‘mga sotildi. Hafta davomida 39 ta yer uchastkasiga bo‘lgan huquq elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.

Sud hujjatlarini ijro etish bo‘yicha

Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishda mol-mulkni realizatsiya qilish bo‘yicha bo‘lib o‘tgan elektron onlayn-auksionlarda ushbu hafta jami 46 ta obyekt 3 mlrd 778,2 mln. so‘mga sotildi. Hafta davomida 76 ta ob’ekt elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarildi.