“Toshshahartransxizmat” AJ tomonidan markaziy avtobus bekatlarida “LED” rusumli tablolar faoliyati qayta yo‘lga qo‘yildi, xabar beradi “Toshshahartransxizmat” matbuot xizmati.

Xabarda qayd etilishicha, avtobuslar harakat jadvalini aks ettiruvchi mazkur turdagi tablolar har qanday ob-havo sharoitida benuqson ishlaydi va ularda uzatilayotgan ma’lumotlarning aniq ko’rsatiladi.

Bundan tashqari, “Android” va “IOS” tizimi uchun mo‘ljallangan hamda qayta ishlangan va yo‘lovchilar uchun qo‘shimcha qulayliklarga ega bo‘lgan “Tashbas” mobil ilovasi faoliyat boshlamoqda. Ushbu ilova kelgusi haftadan sinov tariqasida ishga tushiriladi.