17 iyun kuni Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda BMT TDning O‘zbekistondagi vakolatxonasi hamkorligidagi “Innovatsiyalar va boshqaruv yechimlari” laboratoriyasi rasman o‘z faoliyatini boshladi, xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.

Laboratoriyaning asosiy maqsadi — boshqaruv qarorlarini rejalashtirish, amalga oshirish va monitoring jarayonlarining samaradorligini oshirish, boshqaruv innovatsiyalari sohasida davlat xizmatlarining bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek fuqarolar va biznes vakillari uchun davlat xizmatlarining sifati va imkoniyatlarini kengaytish uchun davlat boshqaruvi tizimida innovatsion yondashuvlar, uslublar va yechimlarni o‘rganish, sinovda o‘tkazish va amalga joriy etishdir.

Laboratoriyaning asosiy vazifalari:

  • 2019−2021 yillarda O‘zbekistonning innovatsion rivojlantirish strategiyasini amalga oshirishga ko‘maklashish;
  • ma’muriy islohotlar, davlat boshqaruvi va muhim ijtimoiy muammolarni hal qilishning innovatsion yondashuvlari va usullarini joriy etish sohasida amaliy tadqiqotlarni amalga oshirish va ularning natijalarining sinovdan o‘tkazish;
  • ma’lumotlar tahlili, blokcheyn, sun’iy intellekt, predmetlar interneti va boshqa turdagi ilg‘or raqamli texnologiyalardan foydalangan holda davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini transformatsiyasi bo‘yicha sinov va tajriba loyihalarini amalga oshirish;
  • dizayn fikrlash, axloqiy psixologiya, daliliy siyosat, ma’lumotlar asosida boshqarish, Agile kabi innovatsion boshqaruv usullarini sinovdan o‘tkazish maqsadida aqliy hujum, ijtimoiy so‘rov, dialoglar, emperik tadqiqotlar va boshqa tadbirlarni tashkil etish;
  • innovatsion boshqaruv usullari, zamonaviy bilimlar va texnologiyalarni samarali qo‘llash bo‘yicha davlat organlarining ko‘nikmalarini mustahkamlashni o‘z ichiga oladigan innovatsion rivojlanish sohasida O‘zbekistonning inson kapitalining rivojlanishiga ko‘maklashish;
  • Innovatsion rivojlanish vazirligi hamda boshqa davolat organlarining innovatsion rivojlanish sohadagi xorijiy OTMlar, tadqiqot markazlari, tahliliy tuzilmalar, mustaqil ekspertlar bilan xalqaro munosabatlarini o‘rnatish va rivojlantirish.