Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Jizzax viloyati Forish tumanida yiliga 4 million tonna portlandsement ishlab chiqarish quvvatiga ega sement zavodi qurilishi chora-tadbirlari belgilandi (investitsiya loyihasi).

Loyiha qiymati 400 mln $ bo‘lib, 2019−2020 yillarda amalga oshiriladi.

Loyihani amalga oshirish maqsadida ta’sischilari Phoenix Consulting GmbH (GFR) va Medianet in H.M.Hermsen (GFR) bo‘lgan UTD-Holding MChJ tomonidan MChJ shaklidagi “UTD Cement” korxonasi tashkil etildi.

“UTD Cement” mahsulot ishlab chiqarilishi yo’lga qo’yilgandan so’ng 2025 yil 1 yanvarga qadar yuridik shaxslardan olinadigan daromad solig’i, mol-mulk solig’i to’lashdan ozod etildi.

May oyida 2019 yil 1 oktyabrdan bojxona imtiyozi tatbiq etiladigan tovarlar ro‘yxatidan sement chiqarib tashlanishi belgilandi, biroq ushbu pozitsiyada imtiyozlar sement klinkeriga nisbatan saqlanib qoladi.

Ilgari Spot Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida qiymati 170 mln $lik sement zavodi qurilishi boshlangani haqida xabar bergan edi.