Honor kompaniyasi Xitoyda oddiy xususiyatlarga ega hamyonbop Play 8 smartfonini taqdim etdi.

Yangilik plastik korpus va tomonlari 19:9 nisbatda 5,71 dyuymli LCD-displey bilan jihozlangan. Smartfonning ishlashiga MediaTek Helio A22 protsessori javob beradi. Operativ xotira hajmi — 2/3 Gb, ichki xotira hajmi esa 32/64 Gb.

Qurilmada barmoq izlari skaneri yo’q, biroq 5 megapikselli old kamera orqali ishlaydigan Face Unlock funksiyasi mavjud. Honor Play 8'ning asosiy kamerasi 13 Mp bo’lib, f/ 1,8 yoritish kuchi va HDR’ni qo’llab quvvatlaydi.

Smartfon ikkita SIM va 512 Gbaytgacha bo’lgan xotira kartasi karta uchun alohida “uya” bilan jihozlangan. Smartfon Android 9 Pie-da ishlaydi va 3020 mA/soat batareya avtonomlikni ta’minlaydi.

Honor Play 8 90 $ narx bilan sotuvga chiqarildi.