O’zbekiston Markaziy banki mamlakat rezervlarini diversifikatsiya qilgan holda AQSh va Xitoyning suveren qarzini sotib olishni rejalashtirmoqda.

Bu haqda Markaziy bank rahbari Mamarizo Nurmuratov Sankt-Peterburgdagi intervyusida ma’lum qildi, xabar beradi Bloomberg.

“Biz AQSh qimmatli qog’ozlari va boshqa mamlakatlar, shu jumladan, Xitoy qarz majburiyatlarini sotib olishni istaymiz. Oltinning ulushi taxminan 50%ni tashkil etadi, ammo kelajakda u kamroq bo’lishi mumkin”, — dedi Nurmuratov.

Markaziy bank raisi zaxiralar o’sib borgani va ko’proq oltin sotillishi sababli oltinning ulushi kam bo’lishini qayd etdi.

Uning so’zlariga ko’ra, 4−5 yildan so’ng O’zbekiston ishlab chiqaruvchilari jahon bozorida to’g’ridan-to'g'ri sotish imkoniyatiga ega bo’ladilar.

Ayni paytda, Markaziy bank mahalliy ishlab chiqarilgan oltinni so’mga sotib oladi va ularni valyuta bozorida dollarlarga sotadi, bu esa oyiga 350 mln $ni tashkil qilishi mumkin.