Farmatsevtika tarmog’ini rivojlantirish agentligi direktori Sardor Qoriyev 12 iyul kuni bo’lib o’tgan matbuot anjumanida farmatsevtika klasterini yaratilishini ma’lum qildi, xabar beradi Spot muxbiri.

Klaster Toshkent yaqinidagi bo’lajak olimlar shaharchasi yonidagi 50−60 gektar maydonda joylashadi. Bu yerda biotexnologlar, mikrobiologlar va toksikologlar kabi sohadagi talabgir kadrlarni tayyorlashga mo’ljallangan yangi farmatsevtika instituti paydo bo’ladi. Institut tajriba o’rganish maqsadida xorijiy universitet bilan birgalikda tashkil etiladi.

Shuningdek, vu yerga preparatlarni sifatli nazorat qilishni ta’minlaydigan Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazini o’tkazish rejalashtirilgan.

“Biz farmatsevtika klasteri hududida mamlakat bo’ylab tarqalgan tadqiqot institutlarini joylashtirmoqchimiz, ular uchun yangi bino qurishimiz va tadqiqotchilarga yangi preparatlarni yaratishlari uchun jihozlashimiz kerak”, — deydi Sardor Kariev.

U O’zbekistondagi tadqiqot institutlarining inqirozga yuz tutish holatida ekanligini, biroq u yerda yaxshi kadrlar borligini qayd etdi.

Qoriyev so’zlariga ko’ra, Jamg’ara mablag’lari hisobidan institutlar texnik jihozlar bilan ta’minlanadi, hamda ularga grantlar uchun mablag' ajratiladi. Bu mamlakat ilmiy salohiyatini qayta tiklash imkonini berishi kutilmoqda.