2019 yilning yanvar-iyun oyida elektr energiyasi ishlab chiqarish hajmi ko’paydi. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Yanvar-iyun oylarida O’zbekiston 30,4 mlrd kVt/s elektr energiya ishlab chiqardi, o’tgan yilning shu davrida esa 30,1 mlrd kVt/s ishlab chiqarilgan. ishlab chiqardi, o’tgan yilning shu davrida esa 466 ming tonna benzin ishlab chiqarilgan.

Mazkur davrda issiqlik energiyasi ishlab chiqarish hajmi kamaydi — 25,2 mln Gkal.

Shuningdek, elektr, gaz, bug' bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash korxonalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar hajmi 9,9 trln. so’mni (jami ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmining 6,7% ni) tashkil etdi.

Sanoatning mazkur tarmog’ida elektr energiyani ishlab chiqarish, uzatish va taqsimlash, bug' bilan ta’minlash tizimlari va havoni konditsiyalash o’tgan yilning mos davriga nisbatan 4,3% ga oshganligi kuzatildi.