Maktab joylashuvi va mikrohududni aniqlashga yordam beruvchi onlayn xarita ishga tushirildi, xabar beradi Xalq ta’limi vazirligi matbuot xizmati.
gis.uzedu.uz ota-onalarga o‘zlarining mikrohududlari va ularning hududlaridagi maktablarni aniqlab olish imkoniyatini beradi.
Hozirgi kunda mazkur xizmat test rejimida faoliyat yuritmoqda. Onlayn xaritaga Toshkent shahridagi barcha maktablar mikrohududlari bilan kiritilgan.
Xizmatdan foydalanish uchun saytga kirish kerak va Toshkent shahri xalq ta’limi bosh boshqarmasini hamda tegishli tumanni tanlash lozim. Shundan keyin maktablarni ko‘rish tugmasini bosish kerak va tizim xaritada maktablarni ko‘rsatadi (qizil bilan yangi qabul tizimi joriy etilayotgan maktablar belgilangan).
Yangi xizmat Xalq ta’limi sohasida AKTni rivojlantirish markazi xodimlari tomonidan yaratilgan bo’lib, respublikadagi barcha maktablar joylashuvini ko‘rsatadi.
Ta’kidlanishicha, kelgusida xizmat kengaytirilib, respublikadagi barcha maktablarning mikrohududlarini ko‘rish imkoniyati yaratiladi.
Saytda aloqa uchun ma’lumotlar joylashtirilgan bo‘lib, foydalanuvchilar tizimni takomillashtirish bo‘yicha o‘z taklif va mulohazalarni bildirishlari mumkin.