Prezident farmoniga binoan Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi etib qayta tashkil qilinmoqda.

Jamg‘arma tomonidan kichik biznes va tadbirkorlik subyektlariga quyidagilarni qoplash uchun kompensatsiya taqdim etiladi:

  • summasi 10 mlrd so‘mdan, foiz stavkasi Markaziy bank qayta moliyalash stavkasining 1,5 baravaridan oshmaydigan milliy valyutadagi kreditlar uchun — qayta moliyalash stavkasidan oshadigan, lekin 5% punktidan ko‘p bo‘lmagan qismi;
  • ekvivalenti 10 mlrd so‘mdan oshmaydigan xorijiy valyutadagi kreditlar uchun — tijorat banklari tomonidan belgilangan foiz stavkasining 30%igacha, lekin 3 foiz punktidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda tijorat banklarining kreditlari bo‘yicha foiz xarajatlarini.

Shuningdek, kompensatsiyalar, hamda kafolatlar va kafilliklar quyidagilarni nazarda tutuvchi kreditlardan tashqari tadbirkorlik faoliyatining barcha yo‘nalishlaridagi loyihalarni moliyalashtirish uchun taqdim etiladi:

  • ilgari olingan kreditlar yoki boshqa har qanday qarzni qaytarish;
  • alkogol va tamaki mahsulotlari ishlab chiqarish;
  • savdo-vositachilik va umumiy ovqatlanish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik sub’ektlarining aylanma mablag‘larini shakllantirish;
  • savdo va umumiy ovqatlanish obyektlarini qurishni moliyalashtirish;
  • nobank kredit tashkilotlari va lizing kompaniyalarining resurs bazasini shakllantirish;
  • qimor va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlarni tashkil qilish, shuningdek, ushbu maqsadlar uchun uskunalar sotib olish;