Xalq ta’limi vazirligi Telegram messenjerida Uzedubot botini ishga tushirdi, xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.
Bot orqali foydalanuvchilar Xalq ta’limi vazirligi, respublika tashkilotlari hamda viloyat, shahar va tuman xalq ta’limi boshqarmalari, shuningdek, bo‘limlari manzili, telefon raqamlarini olish mumkin.
Shuningdek, umumiy o‘rta ta’lim maktablari va ixtisoslashgan muassasalar hamda mehribonlik uylarining manzillarini ham topish imkoniyati bor. Mazkur bot tashkilotlarning manzili bilan birga xarita va ularning joylashgan joyini ham ko‘rsatib beradi.
Avtomatlashgan tizim amalga oshirilgan va oshirilishi kutilayotgan loyihalar, umumta’lim maktablarining moliyaviy xarajatlari (maktablar smetalari) hamda bo‘sh ish o‘rinlari haqidagi ma’lumotlarni ham taqdim etadi.
Vazirlik tizimiga oid yangiliklar bilan ham muntazam tanishib borish imkoniyat ham mavjud.
“Innovatsiya, texnologiya va strategiya markazi” DUK mutaxassislari tomonidan yaratilgan bot hozirda test tizimida faoliyat yuritmoqda.
15 avgust 2019, 12:40
Texnologiyalar
Xalq ta’limi vazirligi Telegram’da Uzedubot botini ishga tushirdi
Botning asosiy maqsadi xalq ta’limi tizimidagi ma’lumotlarni olishga qulaylik yaratishdan iborat.
Foto: Xalq ta'limi vazirligi matbuot xizmati
«Spot»
- 1 175
- Izoh
- Tavsiya qilish
So`nggi yangiliklar
Kecha, 21:33 Energetika
O‘zbekistonda 1-maydan nimalar o‘zgaradi?
Spot may oyidan kuchga kiradigan qonunchilikdagi o‘zgarishlar hamda muhim yangiliklarni bir joyga jamladi.
Kecha, 21:18 Qonunchilik
2025-yildan qimor o‘yinlari, lotereya va bukmekerlik faoliyatiga ruxsat beriladi
Yuridik shaxslar mazkur faoliyat uchun 4%lik aylanma solig‘ini to‘laydi. Fuqarolar yutuqlari esa daromad solig‘idan ozod etiladi.
Kecha, 19:35 Iqtisodiyot
Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga 6 mln yevro ajratdi
Mazkur mablag‘lar mamlakatda qishloq xo‘jaligini rivojlantirishga yo‘naltiriladi.
Kecha, 18:55 Biznes
Uzbekistan Airways Toshkentdan Maxachqal’aga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
Aviakompaniya Dog‘iston poytaxtiga 9-maydan boshlab har payshanba kuni parvozlarni amalga oshiradi.
Kecha, 18:27 Moliya
Rossiya Markaziy banki ketma-ket uchinchi marta asosiy stavkani yillik 16% darajasida qoldirdi
Regulyator asosiy stavkaning o‘zagrishsiz qolishiga inflyatsiya bosimi yuqoriligicha qolayotganligini asosiy sabab qilib ko‘rsatdi.
Kecha, 18:00 Intervyu
Treydingda savdo turlari, hisoblar va bozorlar — treydingni nimadan boshlash kerak?
“BeTrader” asoschisi Akmal Djalilov treydingni nimadan boshlash kerakligi, treyder kim va qayerda ishlashi, savdo bozorlarining bir-biridan farqi hamda qonuniy faoliyat yuritish shakllari haqida Spot’ga so‘zlab berdi.
Kecha, 17:58 Startaplar
Koreya kompaniyasi O‘zbekistonda startap ekotizimini rivojlantirishga yordam beradi
D.Camp bilan mamlakatda Janubiy Koreyaning IT-kompaniyalar ofislarini ochish va IT xizmatlarini autsorsingga jalb qilish bo‘yicha kelishuv imzolandi.
Kecha, 17:03 Energetika
Ikki oyda aholidan 500 mln so‘mlik elektr energiyasi sotib olindi
Shu paytgacha Quyoshli xonadon dasturi uchun 13 048ta xonadon ariza topshirgan.