Yakka tadbirkorlarga hisobvaraqlaridagi mablag‘larni xorijiy valyutada yechib olish taqiqlandi. Bu haqda prezidentning ayrim hujjatlariga kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarda keltirilgan, xabar beradi Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” kanali.

Unga ko‘ra, chet el valyutasida davromad oluvchi yuridik shaxs tashkil etmagan YTTlar, shuningdek fermer xo‘jaliklari o‘z hisobvaraqlaridagi mablag‘larni faqat milliy valyutada yechib oladilar, chet el valyutasidan chet elda foydalanish bundan mustasno.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlariga ularning boshqaruv organlari 2017 yilning 5 sentyabriga qadar tashqi savdo kontraktlari bo‘yicha hosil bo‘lgan kreditor qarzdorlikni hisobdan chiqarish to‘g‘risida qaror qabul qilganida hisobdan chiqarilayotgan kreditor qarzdorlik summasiga soliq majburiyatlarini qo‘shib hisoblamaslikka ruxsat berildi.

Ilgari Spot Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada mikrokreditlar berilishi taqiqlangani haqida xabar bergan edi.