Jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada mikrokredit va mikroqarzlar berish taqiqlandi. Bu haqda Markaziy bank qarorida keltirilgan.

Qarorga binoan mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Unga ko‘ra mikrokredit tashkilotlar:

  • jismoniy shaxslarga xorijiy valyutada mikrokreditlar va mikroqarzlar bo‘yicha ularning majburiyatlarini xorijiy valyutada hisobga olishga;
  • ilgari olingan mikrokreditlar (mikroqarzlar) bo‘yicha so‘ndirilmagan muddati o‘tgan qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda jismoniy shaxslarga yangi mikromoliyaviy xizmatlar ko‘rsatishga haqli emas.

Shuningdek, tashkilotlarga tijorat banklaridan kreditlar, yuridik shaxslardan va jismoniy shaxs-ta'sischilardan qarz mablag‘larini jalb etish taqiqlandi.

Ilgari Spot mikroqarz va mikrokredit miqdorlari oshirilgani haqida xabar bergan edi.