Yandex Music striming platformasi neyrotarmoqlar yordamida yaratilgan kontent bilan ishlash yondashuvini yangilamoqda va O‘zbekistonda bunday treklarni maxsus belgilashni yo‘lga qo‘ymoqda. Trek tavsifida sun’iy intellektdan foydalanilgani haqida maxsus belgilar paydo bo‘ladi, tavsiyalarda esa Less AI content (kamroq sun’iy intellekt) sozlamasi joriy etiladi. Bundan tashqari, servis sun’iy intellektdan insofsiz foydalanish holatlariga qarshi kurashish uchun yangi qoidalar va vositalarni joriy qilmoqda.

San’atkorlar musiqa yaratishda sun’iy intellektdan tobora faol foydalanmoqda, biroq tinglovchi muayyan trek yaratilishida uning qanday rol o‘ynaganini har doim ham bilavermaydi. Bu jarayonni yanada shaffof qilish maqsadida Yandex Music’da sun’iy intellekt qo‘llanilgan treklar uchun maxsus belgilash tizimi paydo bo‘ldi. Bu san’atkorlarga ijod jarayonida qanday vositalardan foydalanganini ochiq ko‘rsatish, tinglovchilarga esa nimani tinglashni ongli ravishda tanlash imkonini beradi.

Belgilash tizimi qanday ishlaydi?

Belgilar uchun asosiy ma’lumot manbai huquq egalari bo‘ladi. Servisning yangilangan qoidalariga ko‘ra, endi ular treklarda SI vositalaridan foydalanilgan bo‘lsa, bu haqda ma’lumot taqdim etishi shart. Bundan tashqari, Yandex Music foydalanuvchilarning murojaatlari va o‘zining aniqlash texnologiyasi ma’lumotlarini ham hisobga oladi. Yangi ma’lumotlar kelib tushishi bilan belgilar aniqlashtirib boriladi, belgilangan treklar soni esa oshadi.

Huquq egalari bunday ma’lumotlarni taqdim etishni allaqachon boshlagan. Ular taqdim etgan ma’lumotlar asosida kontent tavsifida “Trek to‘liq sun’iy intellekt yordamida yaratilgan” yoki “Trek qisman SI yordamida yaratilgan” belgilari paydo bo‘ladi. Ikkinchi belgi SI texnologiyalari trek yaratish jarayonining ayrim bosqichlarida qo‘llanilgan holatlar uchun mo‘ljallangan. Agar hamkor tegishli ma’lumotni taqdim etmagan bo‘lsa, biroq Yandex Music’ning aniqlash texnologiyasi trek yaratilishida SI vositalari ishtirok etgan bo‘lishi ehtimoli yuqori ekanini qayd etsa, kontent “Trek sun’iy intellekt yordamida yaratilgan bo‘lishi mumkin” belgisi bilan ko‘rsatiladi.

Yandex Music treklarni belgilash bilan birga tavsiyalarga “Kamroq sun’iy intellekt” sozlamasini ham qo‘shdi. U asosan sun’iy intellekt yordamida yaratilgan musiqani tinglashni istamaydigan foydalanuvchilarga bunday treklarni “Mening to‘lqinim"da kamroq uchratish imkonini beradi.

reklama, yandex music

“Sun'iy intellekt ijodiy tajribalar uchun yangi imkoniyatlarni ochmoqda. San’atkorlar undan o‘z ijodini yangicha namoyon etish uchun qanday foydalanayotganini hozirdanoq ko‘ryapmiz. Biroq har qanday yangi texnologiyada bo‘lgani kabi, qiziqarli yechimlar bilan birga undan insofsiz foydalanish holatlari ham uchraydi. Biz ijodiy tajribalar erkinligini qo‘llab-quvvatlaymiz va ayni paytda suiiste’mol holatlariga qarshi kurashamiz. Maqsadimiz SI’ning tinglovchilar, ijodkorlar va butun musiqa sanoati manfaatlari yo‘lida mas’uliyatli hamda shaffof xizmat qilishini ta’minlashdir”, — dedi Vladimir Gorbunov, Yandex’ning Markaziy Osiyo va Kavkazdagi ko‘ngilochar servislari bosh direktori.

SubmitHub ma’lumotlariga ko‘ra, hozirda dunyodagi yangi musiqalarning qariyb 40% sun’iy intellektdan foydalangan holda yaratilmoqda. Yandex Music’ning dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, bunday kontent servis katalogining 4,4% ni tashkil etadi, yangi relizlar orasida esa uning ulushi qariyb 27% ga yetgan va bir necha oydan beri shu darajada saqlanib kelmoqda. Shu bilan birga, yangi SI-relizlarning sezilarli tinglashlar soniga ega emas. Bunday kontent qatoriga ovoz yoki vokal to‘liq sun’iy intellekt yordamida yaratilgan treklar, shuningdek, san’atkorlar sun’iy intellekt vositalaridan qisman, masalan, yozuv sifatini yaxshilash uchun foydalangan musiqalar ham kiradi.

Kontent joylashtirishning yangi qoidalari

Yandex Music qoidalaridagi yangilanishlar tinglovchilarni chalg‘itishga qaratilgan insofsiz amaliyotlarga ham taalluqli. Bular qatoriga bir xil turdagi treklarni ommaviy ravishda joylashtirish, qidiruv natijalari va tavsiyalarni manipulyatsiya qilish, mashhur ijrochilarning ovozlariga taqlid qilish, shuningdek, treklarning sun’iy ravishda tezlashtirilgan yoki sekinlashtirilgan versiyalarini joylashtirish kiradi. Bunday amaliyotlar sun’iy intellekt qo‘llanilgan yoki qo‘llanilmaganidan qat’i nazar, Yandex Music’da taqiqlangan. Servis bunday holatlarning oldini olish uchun qo‘shimcha choralarni ham joriy etmoqda.

Hamkorlar, san’atkorlar va huquq egalari uchun 2026-yil 1-oktabrgacha o‘tish davri amal qiladi. Bu vaqt mobaynida avtomatik belgilashning har qanday bahsli holatlarini music-problems-content@yandex-team.ru manziliga murojaat qilib, qo‘lda to‘g‘rilash mumkin.


Yandex Music — 80 million trek, 440 ming podkast epizodi, kitoblar va litsenziyalangan bolalar kontentidan iborat katalogdan foydalanish imkonini beruvchi musiqiy striming servisidir. Servis har bir foydalanuvchi uchun shaxsiy musiqiy olam yaratadi. Buning asosida tinglovchining didi va kayfiyatiga mos treklarni tahlil qilib, tanlab beradigan “Mening to‘lqinim” aqlli tavsiyalar tizimi yotadi.

Servisda 1000 dan ortiq o‘zbekistonlik san’atkor va ularning 30 mingta treki mavjud bo‘lib, shundan 17 mingtasi mahalliy janrlarga mansub.

Yandex Music Yandex Plus yagona obunasiga kiradi. Obuna Kinopoisk, Yandex Music va Yandex Books’dan foydalanish imkonini birlashtiradi, shuningdek, Yandex servislaridagi safarlar va buyurtmalar uchun Plus ballari ko‘rinishida keshbek olish imkonini beradi.

OAV uchun aloqa: pr_uz@yandex-team.com

Reklama huquqlari asosida.