Dam olish kunlari ayrim banklar orqali valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalarini amalga oshirish mumkin. Bu haqda Markaziy bank matbuot xizmati xabar berdi.
12−13-sentabr — shanba va yakshanba kunlari bank bo‘limlarida valyuta ayirboshlash va xalqaro pul o‘tkazmalari shoxobchalari faoliyat ko‘rsatadi. Bular:
- Agrobank;
- Asia Alliance Bank;
- APEX BANK;
- Biznesni rivojlantirish banki;
- Ipoteka-bank
- O‘zmilliybank;
- Orient Finans bank;
- Tenge Bank;
- Trastbank;
- Hamkorbank
- Anorbank;
- Garant bank;
- Hayot bank;
- O‘zsanoatqurilishbank;
- Asakabank;
- InfinBank;
- Saderat bank;
- Xalq banki;
- Ipak Yuli Bank;
- Mikrokreditbank;
- Poytaxt bank;
- Kapitalbank.
Shu bilan birga, 24/7 rejimida ishlovchi avtomatlashtirilgan valyuta ayirboshlash bankomatlari hamda kunning istalgan vaqtida banklarning mobil ilovalari orqali onlayn valyuta ayirboshlash operatsiyasini amalga oshirish mumkin.
Bunda ish tartibi filialga qarab farq qilishi mumkin, shuning uchun ma’lumotlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tijorat banklarida aniqlashtirish tavsiya etiladi.
Avvalroq Spot banklar o‘z kartalari o‘rtasidagi to‘lovlarni o‘z infratuzilmasida qayta ishlashi mumkin bo‘lishi haqida yozgan edi.