Mikrokredit tashkilotlari tomonidan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirish qoidalariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

Kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalarga binoan mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so‘m etib belgilandi. Ilgari bu miqdor EKIHning yuz baravarini tashkil etgan.

Shuningdek, bir qarzdorga beriladigan mikrokreditning yuqori miqdori EKIHning 1000 baravaridan 300 mln so‘mgacha oshirildi.

Qaror bilan mikrokredit tashkilotlari barcha ishonchli kreditlarning ular shakllantirgan ular shakllantirgan ustav fondiga foiz nisbatini mustaqil ravishda belgilaydi.

Iyul oyida prezident mikromoliyaviy xizmatlar ommabopligini oshirish to‘g‘risidagi hujjatni imzoladi. Qarorga binoan 1 avgustdan mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so‘mgacha, mikrokredit miqdori — 300 mln so‘mgacha va mikrolizing miqdori — 600 mln so‘mgacha oshirilishi belgilangan edi.

Spot 2019 yil avgust holatiga ko‘ra banklardagi mikroqarzlar bo‘yicha holatni o’rganib chiqqanida O‘zbekiston banklaridagi mikroqarzning eng yuqori miqdori 50 mln so‘mni emas, balki EKIHning 100 barobarigacha (22,3 mln so‘m) bo’lgan miqdorni tashkil etayotgani ma’lum bo‘ldi.