Adliya vazirligi “Adliya tadbirkorga do‘st” loyihasini taqdim etdi.

Mazkur loyiha ilk marotaba amalga oshirilayotgan bo‘lib, unda yangicha yondoshuv asosida tadbirkorlarning fikrlari va takliflarini o‘rganish orqali ularning faoliyatida yuzaga kelayotgan muammolarini hal etish, ularning moliyaviy va huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida amalga oshirish rejalashtirilgan.

Shuningdek, loyihani amalga oshirish bo‘yicha joylarda 100 dan ortiq ishchi guruhlar tashkil etiladi va 10 mingdan ortiq tadbirkorlar ishtiroki qamrab olinadi.

Har bir hududning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish darajasiga baho berish bo‘yicha indikatorlar ishlab chiqiladi va milliy reytinglar tuziladi.

Tadbirkorlik faoliyatining barcha jabhalarini qamrab oluvchi “advice for business” maxsus interaktiv huquqiy portali yaratiladi.

Avstraliya va Yangi Zelandiya davlatlarining tajribasini o‘rgangan holda biznesni yuritish va ro‘yxatdan o‘tish bosqichlari yanada soddalashtiriladi.

Buyuk Britaniya hukumati Ro‘yxatga olish palatasining (Companies House) tadbirkorlarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha, biznesni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Yangi Zelandiya tajribasi o‘rganiladi va amaliyotga joriy qilinadi.

Katta nufuzga ega biznes vakillari (motivatsion ma’ruzachilar)ni taklif qilgan holda seminar-treninglar, master klasslar tashkil etiladi.

Hududlarda tadbirkorlarning muammolarini hal etish bo‘yicha sayyor qabullar va uchrashuvlar tashkil etiladi.

“Jamoatchilik” onlayn platformasiga kelib tushgan tadbirkorlarning fikri va takliflari asosida Prezident qarori loyihasi ishlab chiqiladi.