Joriy yilning yanvar-iyun oyida import hajmi 15,9 mlrd $ ga (o‘sish sur’ati 32,8%) teng bo‘ldi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlari dalolat beradi.

Mazkur davrda 233,8 mln $lik yengil avtomobillar import qilindi, yanvar-may oyida esa 154,6 mln $ tashkil etgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, import qilingan yuk avtomobillari va maxsus avtomobillar hajmi ortib, 322 mln $ni tashkil etdi.

Shuningdek, import tarkibida eng katta ulush mashina va asbob uskunalar hamda ularning qismlari (44,9%), kimyo mahsulotlari va undan tayyorlangan buyumlar (12,8%) hamda oziq-ovqat mahsulotlari (7,7%) hisobiga to‘g‘ri keldi.

Iyun oyida Renault avtokonserni O’zbekistonda “KWID” avtomobillarini ishlab chiqarishga qiziqish bildirayotgani ma’lum bo‘ldi.

“АвтоВАЗ” joriy yil O’zbekistonda qariyb 10 mingta Lada avtomobili sotishni, hamda taqdimoti o‘tgan yilning avgust oyida bo‘lib o‘tgan Lada Vesta Sport’ni yetkazib berishni boshlash niyatida.

Ilgari Spot joriy yil O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi 172 748 tani tashkil etgani haqida xabar bergan edi.