O‘zbekiston avtomobil ishlab chiqarish hajmini oshirishda davom etmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Joriy yilning yanvar-avgust oylarida ishlab chiqarilgan avtomobillar hajmi 172 748 tani tashkil etdi, 2018 yilning shu davrida esa 115 542 ta avtomobil ishlab chiqarilgan.

Ma’lumotlarga ko’ra, yuk avtomobillari ishlab chiqarish hajmi ham ortib, 3 450 tani tashkil etdi. O‘tgan yilning mos davrida esa 2 455 ta yuk avtomobili ishlab chiqarilgan.

Traktrorlar ishlab chiqarish hajmi esa kamaydi — 2018 yilning mos davrida 2 485 ta ishlab chiqarilgan bo‘lsa, joriy yil 983 tani tashkil qildi.

Shu bilan birga, ishlab chiqarish sanoatida o‘tgan yilning shu davriga nisbatan solishtirganda avtomobil dvigatellari — 1,5 m., avtobuslar — 3,4 m., yurguzuvchi g‘ildiraklar, ularning qismlari va jihozlari — 1,4 m., radiatorlar, shovqin so‘ndirgichlar va chiqarish quvurlari, ulovchi mexanizmlar, rul chambaraklari, rul kolonkalari va rul mexanizmlarining karterlari va ularning qismlari — 1,5 m.ga oshdi.