Ushbu tayinlov Kapitalbank uchun xalqaro bank aloqalari, vakillik munosabatlari, savdoni moliyalashtirish va xalqaro miqyosda mablag‘ jalb etishni rivojlantirish, shuningdek, professional bank kun tartibini shakllantirishda ishtirok etish bo‘yicha yangi imkoniyatlar eshigini ochadi.
Mazkur tayinlovning ahamiyati birgina bank doirasida emas. O‘zbekiston va Markaziy Osiyo xalqaro moliya bozorining tobora ko‘zga ko‘ringan qismiga aylanib bormoqda va bu jarayonda mintaqa salohiyatining yangi bozorlar, hamkorliklar va rivojlanish imkoniyatlari haqidagi xalqaro professional muhokamalarda namoyon bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi.
“Men uchun BACEE direktorlar kengashida qatnashish bu, eng avvalo, banklar va moliya institutlari o‘rtasidagi amaliy aloqalarni rivojlantirish uchun xalqaro professional maydondan foydalanish imkoniyatidir. Biz O‘zbekiston va Markaziy Osiyoda biznesni rivojlantirish uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratgan holda, mintaqaga yangi bank munosabatlari, kapital, ekspertiza va hamkorliklarni jalb qilishni xohlaymiz”, — deya ta’kidladi Kapitalbank boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Sardor Ismailov.
Kapitalbank uchun bu jamoaning xalqaro hamkorlikni rivojlantirish borasidagi izchil ishlarining natijasi hamda bank va O‘zbekistonning xalqaro moliya maydonidagi mavqeyini mustahkamlash yo‘lidagi navbatdagi qadamdir.
2026-yil avgust oyida Kapitalbank BACEE a’zosi bo‘lgan edi, Sardor Ismailovning direktorlar kengashiga kirishi esa bankning ushbu assotsiatsiya faoliyatidagi ishtirokini rivojlantirishdagi navbatdagi qadam bo‘ldi.
Reklama huquqlari asosida.