23 sentyabrdan 29 sentyabrgacha bo‘lgan davr mobaynida onlayn auksion orqali sotilgan avtomobil raqamlari soni 712 tadan 537 taga kamaydi. Bu haqda Tovar xomashyo birjasi ma’lumotlarida keltirilgan.

Sotilgan davlat raqam belgilarining umumiy summasi 2,4 mlrd so‘mni tashkil qildi.

Raqobatli savdolar natijasida bitimlarning 21% birinchi toifadagi avtoraqamlarga 46% ikkinchi va 33% uchinchi toifa avtoraqamlarga tegishlidir.

Shu jumladan, birja savdolarining hajmi ham avvalgi haftaga nisbatan 2,7% ga kamayib, 872,2 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Valyuta savdo maydonchasi orqali sotilgan tovarlarning summasi 399 ming $ni tashkil etdi. Shundan 341,7 ming $lik polietilen, va 57 ming $lik sanoat moyi sotildi.