Gruziyaning TBC banki 30 sentyabr kuni O‘zbekistondagi bir nechta bo‘sh ish o‘rinlarini e’lon qildi. Bu haqda HeadHunter ma’lumotlarida keltirilgan.

Ular orasida bosh buxgalter, marketolog, arxitektor, savdo menejeri, plastik kartalar bo‘yicha mutaxassis kabi jami moliya sektorida 12 ta bo‘sh ish o‘rni mavjud.

May oyida TBC Bank O‘zbekistonda raqamli “digital greenfield” bankini yaratish rejalari haqida ma’lum qildi.

O‘zbekistonda litsenziya olish jarayoni 2019 yil davomida amalga oshishi kutilmoqda.

Dastlabki bosqichda, TBC Bank 20−30 mln $ sarmoya kiritishni rejalashtirmoqda. TBC mahalliy IT-kompaniya bilan birgalikda bank xizmatlarini taqdim etadi.