Markaziy bank xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan quyidagi qiymatlarini belgiladi:

  • Dollar kursi 13 so‘mga pasayib, 9 433 so‘mni tashkil qildi.
  • Yevro esa 21 so‘mga ko‘tarilib, 10 354 so‘mni tashkil qildi.
  • Rossiya rubli 0,44 so‘mga pasayib, 145,7 so‘mni tashkil qildi.

Iyul oyining ikkinchi yarmidan boshlab, ayniqsa avgust oyining boshida ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaning so‘mga nisbatan almashuv kursi oshish sur’atining tezlashishi kuzatildi. Dollar kursi avgust oxirida pasayganidan so‘ng ketma-ket ravishda ko‘tarilayotgan edi.

Avgust oyi oxirida Markaziy bankda ichki valyuta bozoridagi joriy holat va almashuv kursi dinamikasi to‘g‘risidagi holatga izoh berildi.