San-Diyego universitetidagi Fred Xansen yetakchilik instituti (Kaliforniya, AQSh) yoshlar uchun yozgi xalqaro amaliyot o‘tash uchun arizalar qabulini boshladi.

Amaliyot uch hafta davom etadi, unda besh nafar amerikalik talaba va rivojlanayotgan mamlakatlardan, shu jumladan O‘zbekistondan 20ta talaba ishtirok etishi mumkin.

Dastur to‘liq Fred Xansen fondi tomonidan moliyalashtiriladi. Moliyalash aviachiptalar, turar joy, ovqatlanish, transport va dastur bilan bog‘liq boshqa harajatlarni o‘z ichiga oladi.

Dastur viza va cho‘ntak xarajatlarini qoplamaydi.

Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

  • yetakchilik salohiyati, ijtimoiy faoliyat yoki nodavlat tashkilotida ishlaganlik tajribasi. Tegishli tavsiya xati talab qilinadi;
  • bakalavr yoki magistraturada o‘qishi va xalqaro munosabatlar, diplomatiya, xalqaro iqtisodiy rivojlanish va boshqa tegishli sohalarga qiziqishi;
  • yoshi 2020 yil 1 iyulda 20 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lishi;
  • ingliz tilini bilishi o‘qituvchisi tomonidan yozma tasdiqlanishi (so‘rov to‘g‘ridan-to‘g‘ri tavsiya etuvchiga yuboriladi);
  • dastur boshlanguniga qadar AQShga viza bilan xorijga chiqish pasportiga ega bo‘lishi kerak;

Shunindek, ilgari AQShda bo‘lmagan talabalarga ustunlik beriladi.

Arizalar 15 yanvarga qadar institut sayti orqali onlayn tarzda qabul qilinadi. Batafsil ma’lumot bu yerda.