Samsung Galaxy Note 10'ning yana bir versiyasini tayyorlamoqda, xabar beradi SamMobile.

Ma’lum qilinishicha, SM-N770 °F raqamiga ega smartfon Galaxy Note 10'ning arzonroq versiyasiga aylanadi va o‘rta segmentdan o‘rin egallaydi.

Ehtimol, u Galaxy Note 10 Neo yoki Galaxy Note 10 Lite deb nomlanadi, ammo hozircha aniq ma’lumot yo’q.

Yangi mahsulot markali S Pen stilusini qo‘llab-quvvatlaydi, ammo oddiyroq xususiyatlarga ega bo‘ladi. Shu tufayli ishlab chiqaruvchi yangi smartfon narxini pasaytirishi mumkin.

Ta’kidlanishicha, ushbu qurilma Yevropada chiqariladi va ikki: qora va qizil ranglarda taqdim etiladi.

Smatfonning narxi va qachon chiqarilishi hozircha noma’lum.

Ilgari Spot Samsung Galaxy Note 10 va Note 10+ smartfonlarini taqdim etgani hamda kichik model 945 $ga, kattasi — 1099$ga baholangani haqida xabar bergan edi.