Joriy yilning yanvar-sentyabr oylari davomida aholi tomonidan amalga oshirilgan pul o‘tkazmalari jami aylanma hajmi 5,2 mlrd $ni tashkil etdi. Bu haqda markaziy bank ma’lumotlarida keltirilgan.

Bundan 4,5 mlrd $ valyuta mablag‘lari respublikaga xalqaro pul o‘tkazmalar tizimi orqali kirib kelgan bo‘lsa, 0,8 mlrd $ aholi tomonidan chet el mamlakatlariga yuborilgan.

Shuningdek, 2019 yilning 9 oyi davomida ichki valyuta bozorida yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi operatsiyalarining jami aylanma hajmi 24,3 mrld $ni tashkil etib, o‘tgan yilning mos davridagi ko‘rsatkichga (18,3 mrld $) nisbatan 1,3 barobarga oshdi.

Xalqaro pul o‘tkazmalari orqali respublikamizga kirib kelgan valyuta mablag‘lar hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 18% ga oshdi (2018 yil yanvar-sentyabr — 3,8 mrld $).

Ilgari Spot aholi tomonidan sotib olingan valyuta mablag‘lari miqdori, hamda yil oxiriga qadar valyuta kursida keskin o‘zgarish kutilmayatgani haqida xabar bergan edi.