Markaziy bank ichki valyuta bozorini sharhladi (2019 yil yanvar-sentyabr holatiga ko’ra).

Valyuta ayirboshlash shoxobchalari orqali tijorat banklari bilan aholi o‘rtasida amalga oshirilgan valyuta oldi-sotdi (naqd va naqdsiz shaklda) operatsiyalarining jami hajmi 3,6 mlrd $ga yetdi.

Bunda aholidan sotib olingan valyuta mablag‘lari 2,5 mlrd $ni, aksincha ularga sotilgan valyuta miqdori 1 mlrd $ni tashkil etdi.

Tijorat banklarining aholi bilan valyuta oldi-sotda operatsiyalari hajmi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 1,4 barobarga oshdi.

Milliy valyutaning chet el valyutasiga nisbatan kursi ichki valyuta bozorida mavjud talab va taklifdan kelib chiqib 13% ga pasaydi.

Ushbu davr mobaynida valyuta kursining minimal va maksimal ko‘rsatkichi mos ravishda 8 334 so‘m/$ (yanvar oyida) va 9 457 (sentyabr oyida) so‘m/$ni tashkil etdi.

Joriy yilning avgust oyida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida almashuv kursining yangi bozor sharoitlariga moslashtirilishidan so‘ng sentyabr-oktyabr oylarida valyuta birjasida almashuv kursi dinamikasining barqarorligi kuzatilib, makroiqtisodiy sharoit va omillarni inobatga olgan holda yil yakuniga qadar keskin o‘zgarishi kutilmayapti.