Jahon banki ekspertlari 2021 va 2022-yillarda jahon iqtisodiyotining o’sishi qanday bo’lishi haqida ma’lumot berdi. Ularning hisob-kitoblariga ko’ra, jahon iqtisodiyoti 2021-yilda 4 foizga o’sishi mumkin. Ammo bunga erishishning muhim sharti butun dunyo bo’ylab koronavirus infektsiyasiga qarshi muvaffaqiyatli emlash bo’ladi.

Post-sovet mintaqasida joriy yil uchun eng yuqori o’sish O’zbekiston iqtisodiyoti (4,3%), Gruziya (4%) va Qirg’iziston (3,8%) tomonidan bo’ladi deya prognoz qilinmoqda.

Amerika iqtisodiyoti bu yil 3,5% o’sishi kutilmoqda. Yevrozona hududi mamlakatlarining umumiy yalpi ichki mahsuloti 3,6% ga oshishi mumkin, Yaponiya prognozi esa 2,5% ni ko’rsatmoqda.