Ziraat Bank boshqaruv raisi o’zgarganligi haqida korporativ axborotlarning yagona portalida ma’lumot berilmoqda. Unga ko’ra:

O’zbekiston Respublikasi qonunchiligiga muvofiq va Ziraat Bank Uzbekistan AJ Ustavi doirasida, yagona aksiyador hisoblangan Ziraat Bankasi AJ Bosh Bankning 29.01.2021- yildagi 177- sonli tasdiqlangan qaroriga ko’ra, 2019-yilning avgust oyidan buyon shu bankning Marketing va Sotish bo’yicha Boshqaruv raisi o’rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Zafer Jonpo’latni, bank boshqaruv Raisi lavozimiga tayinlash bo’yicha bir ovozdan qaror qabul qilindi.

Ma’lumot uchun: Zafer Jonpo’lat (Canpolat) 1976-yilda Turkiyaning Elazig viloyatida tug’ilgan. Gazi universiteti xalqaro munosabatlar yo’nalishida bakalavr va magistr bosqichlarida tahsil olgan.