Vazirlar Mahkamasi avtomobillarni va avtotransport vositalarini qisqa muddatga ijaraga berish tartibini o’zgartirish to’g’risidagi loyihani muhokamaga qo’ydi.

Qarorga binaon, jismoniy shaxslarga avtomashinalarini 30 kungacha muddatga notarial tasdiqlarsiz va hududni muhofaza qilish idoralaridan ro’yxatdan o’tmasdan ijaraga berishni taklif qilindi. Shu bilan birga, beriladigan avtomobillar Transport vazirligi hamda Ichki ishlar vazirligi talablariga muvofiq identifikatsiya belgisiga ega bo’lishi lozim.

Ma’muriy Amaliyot axborot tizimi orqali ijarachi tomonidan amalga oshirilgan yo’l harakati qoidalari buzilishi holatlari to’g’risida ma’lumot olish mumkin.

Ijaraga oluvchi shartnoma tuzilishidan oldin transport voisitasini tarkibiy qismlari tekshirishga va nuqsonlar yoki nosozliklar aniqlanganda, ularni yo’q qilishni talab qilishi mumkin.

Bitimni tuzish uchun ijarachi pasport va haydovchilik guvohnomasini taqdim etishi yetarli.