Apple kompaniyasi so’nggi besh yil ichida birinchi bor sotilgan smartfonlar soni bo’yicha dunyoda birinchi o’ringa chiqdi, deya xabar beradi Forbes (Rossiya).

Kompaniyaning bu darajada ko’tarilganini asosiy sabablaridan biri — 5G mavjud bo’lgan Iphone ishlab chiqarilishi deya ta’kidlab o’tishdi mutaxassislar.

Uning eng katta raqobatchilaridan biri, Samsung esa ikkinchi o’rinni egalladi. Huawei’da esa bu holat tobora yomonlashmoqda, kompaniya Google xizmatlaridan mahrum bo’lganidan keyin smartfonlar sotilishi keskin pasaydi.

Apple 2020-yilning so’nggi uch oyida 80 millionga yaqin smartfon sotgan va bu chorakdagi bozor ulushi 20,8% ni tashkil etdi. 2019 yilning ko’rsatkichlariga nibatan o’sish 14,9% ni tashkil etdi.

Apple 2020 yilda daromad bo’yicha ham tarixiy rekordni yangiladi. Kompaniya xabar berishicha 2020 yilda $111,4 mlrd ni tashkil etdi va bu oldingi yilga qaraganda 21% ga ko’proq.

Avvalroq Spot, Apple haydovchisiz avtomashinalar ishlab chiqarish bo’yicha ortda qolayotganligi haqida yozgan edi.