Apple kompaniyasi o’zining havdovchisiz boshqariladigan mashinalarini sinovdan o’tkazib kelmoqda. 2020-yil hisobi bo’yicha sinov jarayonida mashinalar umumiy hisobda 30 000 km masofani bosib o’tgan.

2020-yilning dekabr oyida Apple kompaniyasi Kia va Hyundai bilan hamkorlikda o’zining elektromobillarini ishlab chiqish to’g’risida muzokaralar boshlagan edi. Ammo bu jarayon noma’lum sabablarga ko’ra to’xtatildi.

Bloomberg ma’lumotlariga qaraganda, Cruise va Waymo avtonom mashinalari yiliga 1 mln km nazorat sinovlaridan o’tib kelgan. Natijalar solishtirilganda Apple bu sohada ancha ortda qolayotgani va shu asnoda yaqin 5 yil ichida rejalarini amalga oshirish qiyinligini ta’kidlab o’tgan.

Ma’lumot uchun: Brand Finance Global 500 2021 izlanishlar natijasiga ko’ra Apple dunyoning eng qimmat brendi deya tan olingan edi.