2021-yil 1-martdan boshlab “Uzbekistan Airways” yo‘lovchilari yangi xizmat turi — aviakompaniyaning qatnovlariga onlayn ro‘yxatdan o’tishlari mumkin.

Ushbu xizmat aeroportdagi ro‘yxatdan o‘tish punktida navbatda turmaslikka va samolyot bortida kerakli joyni tanlash imkoniyatini beradi.

Endi har kim uydan chiqmasdan vaqtini tejagan holda, aviakompaniyaning qatnovlariga ro‘yxatdan o‘tish xizmatidan foydalanishi hamda COVID-19 virusi tarqalishi sharoitida istalmagan aloqalarni kamaytirishi mumkin.

Oldinroq Spot, Hindistonga muntazam qatnovlar 5-martdan qayta tiklanishi haqida yozgan edi.