Les Ailes, Chopar, “Бро”, “Torero Burgers” loyihalari asoschisi Ahmad Meliboyev o’zining Facebookdagi sahifasida Family by Chopar yopilishi haqida xabar berdi.

“Bir yil oldin proyektga qo’l urgan edik, bu proyektda pizza va interteyment mujassam bo’lishi kerak edi,afsus pandemiya o’z ta’sirini ko’rsata bildi yoki biz bu restoranga yetarlicha e’tibor va muhabbat bera olmadik. Bir yilda 230 mln atrofida zarar bilan ushbu proyektni yopishga qaror qildik”, deb yozadi tadbirkor.

Uning fikricha xaridorlar talab va istaklari doim boshqaruv jamoasi uchun diqqat markazida bo’lgan, “FAMILY” format jihatdan ancha eskirib qolgan deya qo’shimcha qilinadi.

O’z xabarida u yangi restoran ochishi haqida aytib o’tgan.6 mart kuni shu joyda Turkiyaning “CESIM ŞEF” mohir oshpaz ustalari bilan hamkorlikda yangi turk taomlari restorani ochish niyatida ekanligini bildirgan.