Qonun talablarga javob beradigan auditorlik xazmatlarini tashkil etishga va uning sifatini oshirishga qaratilgan bo’lib, investorlar ximoyasini kuchaytirishga yo’naltirilgan.

“Auditorlik faoliyati to’g’risida"gi Qonuni Oliy Majlis tomonidan qabul qilinib, Shavkat Mirziyoyev tomonidan 25 fevral kuni imzolandi.

Qonun quyidagi yo’nalishlarda masalalarni amalga oshirishni nazarda tutadi:

  • Auditor faoliyatini faqat xalqaro standartlari asosida oshirish.
  • Majburiy auditorlik tekshirishdan o’tishi kerak bo’lgan tashkilotlar ro’yxatini tuzish.
  • Auditor malakasini oshirishning tizimini tashkil qilish.
  • Auditorlar respublika jamoat birlashmalarining xalqaro audit standartlarini qo’llash sohasidagi faolligini oshirish.
  • Manfaatlar to’qnashuvining oldini olishga yo’naltirilgan auditorlar professional faoliyatining ahloq qoidalarini joriy etish.
  • Auditorlik faoliyatini litsenziyalanadigan faoliyat turlari tarkibidan chiqarish.

Shu qatorda, Markziy bank barcha banklar va kredit tashkilotlarga auditorlik qiladigan organ etib tayinlandi.

Qonun 2021 yil may oyining oxiriga qadar kuchga kiradi.

Avvalroq Spot elektron tijorat sohasida qanday o’zgarishlar yuz berishi haqida yozgan edi.