Pavel Durov konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar uchun investorlar hech qanday boshqaruv va ta’sirga ega bo’lmaydilar deb yozdi. Bu haqida Forbes xabar beradi.

“Obligatsiyalarga egalik qilish hech qanday muhim ta’sirni anglatmaydi. Telegram obligatsiyalari — bu har qanday investor endi ikkilamchi bozorda sotib olishi mumkin bo’lgan qarz shaklidir”, — dedi Durov.

Durovning qo’shimcha qilishicha, obligatsiyalar savdosi aksiyalarnikidan juda farq qiladi, bunda investorlar ovoz berish huquqiga va direktorlar kengashidan joy olishadi.

“Shu sababli, men so’nggi xabarimda ta’kidlaganimdek, obligatsiyalar emissiyasi Telegram-ga o’zining mustaqil tabiatidan voz kechmasdan mablag' yig’ish imkonini berdi”, deb qo’shimcha qildi messenjer yaratuvchisi.

Avvalroq Spot, Telegram $1mlrd miqdordagi obligatsiyalar chiqarishi haqida xabar bergan edi. Agar Telegram yaqin besh yil ichida IPO o’tkazsa, ulushga ega investorlar obligatsiyalarni narx uchun 10 foizli chegirmalar bilan aksiyalarga aylantirish imkoniga egalar.