Telegram Group Inc., konvertatsiya qilinadigan obligatsiyalar chiqaradi. Bu bilan u $1 mlrd dollar miqdorda investitsiya jalb qilishni ko’zlagan. Kompaniya bu to’g’risidagi savollarga javob bermagan.

Ma’lumot uchun: Agar Telegram yaqin besh yil ichida IPO o’tkazsa, ulushga ega investorlar obligatsiyalarni narx uchun 10 foizli chegirmalar bilan aksiyalarga aylantirish imkoniga egalar.

Obligatsiyalardan kelgan mablag' — infratuzilmani yaxshilash va yangi foydalanuvchilarni jalb etish uchun ishlatiladi.

Obligatsiyalar birjada joylashtirilmaydi va Amerikalik investorlar bu bitimda ishtirok etmaydi.

Avvalroq Spot, Telegram monetizatsiya qilishini va bu foydalanuvchilarga qanday ta’sir ko’rsatishi haqida ma’lumot bergan edi.