“E-auksion"da savdo natijalarini monitoring qiluvchi tuzilma ish boshladi. Bu haqda e-ijro auksion saytixabar beradi.

“E-auksion” savdo maydonchasi faoliyatini yanada samarali tashkil etish, onlayn savdolarda ishtirok etayotgan ishtirokchilar manfaatlarini himoya qilish maqsadida “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish markazi"ning yangi tarkibiy tuzilmasi tasdiqlandi.

Unga ko‘ra, turli yo‘nalishlarda o‘tkazilgan savdolar natijasi, g‘oliblarning mulkni qo‘lga kiritishi bilan bog‘liq masalalar bilan shug‘ullanuvchi Onlayn-auksion savdolari natijalarining monitoringi bo‘limi tashkil etildi. Yangi tarkibiy tuzilma bilan ушбуҳаволаорқали tanishishingiz mumkin.

Endilikda savdo maydonchasida tashkil etilgan savdolarda ishtirok etib g‘olib bo‘lgan qatnashchilarning manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha Markaz hodimlari ish olib boradilar. G‘oliblarga huquqiy maslahat berish va ularni to‘g‘ri yo‘naltirish bo‘limning asosiy vazifasi hisoblanadi.